Ma’mura To‘rayeva: "Zulfiyaxonim izdoshiman..." (+video)
Bugun yurtimizda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor har qachongidan yuqori. Davlat, jamoat ishlarida o‘zining aqlu zakovati bilan faol ishtirok etayotgan ayollarimizning faoliyati haqida har qancha gapirsak arziydi.
Bugunning qizlari Zulfiyaxonim izdoshlari, Navoiy, Beruniy, Prezident nomidagi stipendiyalar sohibalari... ular o‘z salohiyati, zakovati, tadbirkorligi bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shayotgani quvonarli xol. Fan, madaniyat, adabiyot, san’at, sport kabi sohalarning rivojiga o‘zlarining ulkan yutuqlari, yuksak g‘alabalari bilan rivoj qo‘shayotgan nazokatu nafosat malikalariga qarab havasingiz keladi. Beixtiyor qizingizning ular kabi o‘qimishli, oqila bo‘lishini, oilasining, yurtining faxriga aylanishini ich-ichingizdan istab qolasiz...
"Faxringman, Vatan!" loyihasining qahramoni iqtidorli qizlarimizdan biri Ma’mura To‘rayeva lavhamizda o‘z faoliyati va ijodi bilan bo‘lishdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/gKAA1X_6ucQ" title="Ma’mura To`raeva: "Zulfiyaxonim izdoshiman..." " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA