Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatning eng yaxshi dzyudochilari saralanmoqda
13:55 / 2025-12-13

Qarshi shahridagi "Geolog" sport majmuasida yoshlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda. Mamlakat birinchiligining ilk kunida o‘g‘il bolalar -60, -66, qizlar esa -48, -52 va -57 kg. vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Jumladan, qizlar o‘rtasida -48 kg. vazn toifasidagi final bahsida Zarina Jamalova (Toshkent vil.) va Marjona Sa’dullayeva (Jizzax viloyati) raqobatlashdi. Ushbu bahsda Zarina g‘olib bo‘ldi. Darvoqe, ularga yarim finalda imkoniyatni boy berib qo‘ygan Maxfira Ro‘ziboyeva (Xorazm viloyati) va Dilrux Hasanova (Jizzax viloyati) bronza medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, chempionatda Sabina Azamatova (Buxoro viloyati), Mohinur Allaberganova (Xorazm viloyati), Zafar Mubinov (Buxoro viloyati) va Artur Ibodullayev (Xorazm viloyati) o‘z vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA