Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatning eng kuchli yosh shaxmatchilari aniqlandi
08:56 / 2025-02-03

Jizzax viloyatida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilayotgan 8, 10 va 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.

Rapid yo‘nalishining 8 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qizlar o‘rtasida Shohjahon Homidov va Mohinur A’zamxo‘jayeva oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 10 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar orasida Abdurahmon Rajabov va Husnoraxon Husnitdinova g‘olib bo‘ldi. Mamlakat birinchiligining 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar bahsida Oriyat Obidjonov hamda Sarvinoz Begmuratova O‘zbekiston chempioniga aylandi.  

Standart yo‘nalishida esa Fazliddin Farhodov, Nurmuhammad Ne’matillaxonov, Oriyat Obidjonov, Zarina Larina, Husnoraxon Husnitdinova hamda Sarvinoz Begmuratova o‘z yosh toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.  

Bugun, 3 fevral kuni chempionat doirasida blits bahslari bo‘lib o‘tadi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA