Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” hududida joylashgan zamonaviy va muhtasham velodromda velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha ilk bor O‘zbekiston chempionati hamda uning doirasida Respublika turniri o‘tkazilmoqda.
Mamlakatimizda velosportning trek yo‘nalishini yanada ommalashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va xalqaro maydonlarda raqobatbardosh jamoa shakllantirish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu musobaqaning birinchi kungi dasturi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Jumladan, 80 aylanishdan iborat ayollar o‘rtasidagi medison bahslarida Asal Rizayeva – Samira Ismoilova (Toshkent shahri), Shahnoza Abdullayeva – Mohinabonu Elmurodova (Toshkent viloyati) va Yevgeniya Golotina – Yana Mishinova (Toshkent shahri) shohsupaga ko‘tarildi.

Quyida bir necha yo‘nalishda zafar quchgan velosportchilar bilan tanishasiz:
Erkaklar (Omnium) ko‘pkurash:
1. Dmitriy Bocharov (Jizzax)
2. Vladislav Troman (Surxondaryo)
3. Alimardon Jamoliddinov (Toshkent shahri)
O‘smirlar (Omnium) ko‘pkurash:
1. Shoislom Shoakmalov (ROPSTTM)
2. Fazliddin Ergashev (Sirdaryo)
3. Doniyor Qahramonov (ROPSTTM)
O‘smir qizlar (Medison), 60 aylanish:
1. Yekaterina Makarochkina – Nadejda Barteneyeva (Samarqand)
2. Sabrina Altinbekova – Dilnuraxon Mirzavaliyeva (Sirdaryo)
3. Roksana Hikmatova – Diyora Shoislomova (Toshkent viloyati)
O‘smir yigitlar (Skretch), 15 aylanish:
1. Ahad Azizov (ROPSTTM)
2. Jasurbek Haydarov (Toshkent viloyati)
3. Lochinbek Asadov (ROPSTTM)
Qizlar (Skretch), 20 aylanish:
1. Imrona Karimova (ROPSTTM)
2. Irina Akjigitova (Toshkent viloyati)
3. Elina Gizatulina (Toshkent shahri)
O‘smir yigitlar (Skretch), 30 aylanish:
1. Kamronbek Ulug‘bekov (ROPSTTM)
2. Shavkatjon Mirzayev (RVMMI)
3. Maksim Drigin (ROPSTTM)
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa orqali milliy terma jamoa murabbiylari oldinda turgan yirik va nufuzli xalqaro turnirlar, xususan, 25–31-mart kunlari Filippinda bo‘lib o‘tadigan velotrek bo‘yicha Osiyo chempionati uchun jamoa tarkibini yana bir bor saralash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA