Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatning eng kuchli polvonlari saralandi
14:51 / 2025-12-08

Poytaxtimizdagi «Olimpiya shaharchasi»da erkin kurash va ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda.

Erkin kurash bellashuvlarida Arslon Rahimov, Shahzod Yarashev, Jorullo Abdufattohov, Sadriddin Daminjonov, Hasanboy Rahimov, Asadbek Saidto‘rayev, Sanjarbek Rustambekov, Begijon Yo‘ldoshev, Bobur Islomov va Otobek Nazarboyev kabi polvonlar o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Bugun, 8 dekabr kuni chempionat doirasida ayollar kurashi bo‘yicha bahslar o‘tkazilmoqda. Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan kurashchi qizlar 10 ta vazn toifasida sovrinli o‘rinlar uchun bellashmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA