Mamlakatimizning eng kuchli yunon-rum kurashchilari aniqlandi
Chirchiq shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlangani haqida xabar bergan edik.
Ushbu chempionatning ilk kunida 5 ta vazn toifasida o‘tkazilgan bellashuvlar o‘z yakuniga yetdi. Jumladan vazni 55 kg. bo‘lgan polvonlar o‘rtasida Otabek Tursunov va Umidjon Karomov o‘zaro raqobatlashdi. Murosasiz bahslarga boy o‘tgan ushbu raqobatda Otabek g‘olib bo‘ldi. Mazkur vazndagi bronza medallari Ramazon Botirov va Jamshid Turdaliyevga nasib etdi.

Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Quvonchbek Ismoilov, Behruzbek Valiyev, Bekmurod Rustamov va Faxrikamol Komiljonov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi va mamlakat chempioniga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA