Mamlakatimizning eng kuchli yosh qilichbozlari saralandi
Jizzax shahrida qilichbozlikning rapira yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda. Unda "U-13" va "U-11" yosh toifasida jamoaviy bahslar bo‘lib o‘tdi.
"U-11" yosh toifasidagi qizlar bahsida “Milliy klub” oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Toshkent shahri kumush, Jizzax va Andijon jamoalari bronza medaliga sazovor bo‘ldi. "U-13" yosh qizlardan iborat jamoalar orasida “Milliy klub”, "Toshkent 1", "Toshkent 2" va "Farg‘ona" jamoalari shohsupaga ko‘tarildi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda "U-11" toifasida “Andijon” terma jamoasi mamlakat chempioniga aylangan bo‘lsa, “Farg‘ona” termasi ikkinchi, “Toshkent” hamda “Qoraqalpog‘iston” terma jamoalari uchinchi pog‘onadan joy oldi. "U-13" yosh toifasida "Toshkent 1", "Andijon 1", "Farg‘ona", "Milliy klub" termalari g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA