Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizning eng kuchli yosh polvonlari aniqlandi
16:24 / 2025-11-10

Andijon shahrida erkin va ayollar kurashi bo‘yicha U20 yosh toifasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi.

Chempionatning ayollar kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan bahlarida Nilufar Nurmuhammadova (-50 kg), Mehribonu Qudaynazarova (-53 kg), Sohibjamal Esbosinova (-55 kg), Munisa Mingyasharova (-57 kg), Tumaris Hamidullayeva (-59 kg), Laylo O‘razboyeva (-62 kg), Muxayyo Narzilloyova (-65 kg), Muhayyo Rahimjonova (-68 kg), Sabohat Ilhomboyeva (-72 kg) va Feruza Smetova (-76 kg) oltin medalga sazovor bo‘ldi.  

Erkin kurash bellashuvlarining 57 kilogrammgacha vazn toifasida Ulug‘bek Rashidov final bosqichida Behruz Qalandarovni taslim etdi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Shu bilan birga, faoliyatida 9 bora O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Shuningdek, Ulug‘bek polvon chempionatning “Eng yaxshi kurashchisi”ga aylandi.  

Musobaqa davomida Faxriddin Nasriddinov, Sherbek Abdumalikov, Amirbek Urdishev, Isomjon Islomov va Beksulton Rasulov kabi erkin kurashchilarimiz oltin medal bilan taqdirlandi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA