Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizning eng kuchli para taekvondochilari aniqlandi
11:12 / 2025-12-24

Toshkent shahridagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida para taekvondo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Para taekvondo sport turini imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirish, ular orasida mazkur sport turi bilan shug‘ullanuvchi iqtidorli yoshlarni saralash maqsadida tashkil etilgan chempionatda mamlakatimizning turli hududidan kelgan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.  

Musobaqada erkaklar o‘rtasida Fayoz Valijonov, Husniddin Saparbayev, Asilbek Husanov, Otabek Amatov va Umarbek Mo‘ydinov oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Xotin-qizlar orasida esa Qizlarxon Isomiddinova, Mashhuraxon Eraliyeva, Kamola Rasulova, Charos O‘rinboyeva va So‘g‘diyona Normo‘minova kabi para taekvondochilar shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA