Mamlakatimizning eng kuchli para merganlari aniqlandi
Poytaxtimizda joylashgan Markaziy harbiy sport klubining o‘q otish bazasida para o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mamlakat birinchiligida 50 nafarga yaqin merganlar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi. Chempionat ishtirokchilari 10 metr masofaga to‘pponchadan va miltiqdan otish dasturlarida o‘zaro bahs olib bordi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent shahri hamda Sirdaryo viloyati vakillariga teng keladigan raqib topilmadi va asosiy o‘rinlar ham shu jamoa a’zolariga nasib qildi.


Aniqrog‘i, Server Ibragimov, Shahnoza Mamajonova, Mahmudaxon Sobirova kabi terma jamoamizning yetakchi sportchilari o‘z yo‘nalishlarida tengsiz ekanliklarini yana bir bor isbotladi. Musobaqa sovrindorlari O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan medal hamda maxsus diplom bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA