Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizning eng kuchli eshkak eshuvchilari aniqlanmoqda
09:47 / 2024-02-29

"Tuyabo‘g‘iz" suv omborida joylashgan Toshkent dengizida baydarka va kanoeda eshkak eshish sportining noolimpiya masofalari 2 km, 5 km va 10 km bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda.

Respublikamizning turli hududlaridan kelgan 250 nafardan ortiq sportchi ishtirok etayotgan chempionatning “K-1” yo‘nalishida 2 km masofaga o‘tgan bahslarda Vilyam Ibragimov va Arina Tanatmisheva shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.  

Shuningdek, mazkur yo‘nalishda 18 yoshgacha bo‘lgan eshkak eshuvchilar o‘rtasidagi musobaqada Ziyodbek Yo‘ldoshaliyev, “C-1” yo‘nalishi bo‘yicha Behruz Ergashev marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va mamlakat chempioniga aylandi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA