Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizning eng kuchli chavandozlari Toshkentda jam bo‘ldi (+video)
08:00 / 2025-04-05

Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” ot sporti klubida Ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlandi.

Chempionatda chavandozlar shaxsiy va jamoaviy bahslarda 6 aprel kuniga qadar o‘zaro raqobatlashadi.

Musobaqaning dastlabki va ikkinchi kunida 16 yoshdan kattalar o‘rtasidagi “A”, “B” va “D” toifalarida turli balandliklardan ot sakratish bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda 5-6-7 yoshdagi tulporlar ishtirok etadi.

Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan chavandozlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan mazkur chempionatdan ko‘zlangan maqsad ot sporti bo‘yicha iqtidorli sportchilarni saralash va bu orqali terma jamoa zaxirasini mahoratli chavandozlar bilan to‘ldirishdan iborat.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Vo6-wyieg9s" title="Mamlakatimizning eng kuchli chavandozlari Toshkentda jam boʻldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Javohir Toshxo‘jayev, Abror Sodiqov (video), O‘zA