Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizning ba’zi hududlarida kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi
17:40 / 2023-04-04

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5-7 aprel kunlari yurtimiz bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

5-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 5-7 aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Respublikaning ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi.

5-7 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;

Samarqand viloyati Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li ҳудудларда istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raladi.

O‘zA