English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizga Pfizer vaksinasining navbatdagi yirik partiyasi olib kelindi
15:44 / 2022-07-04

Bugun mamlakatimizga COVAX dasturi doirasida 1 million 999 ming 530 doza Pfizer vaksinasi keltirildi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 71 million 750 ming 853 dozaga yetdi. Ulardan 2 million 606 ming 80 dozasi AstraZeneca, 48 million 169 ming 38 dozasi ZF-UZ-VAC 2001, 1 million 341 ming 790 dozasi "Sputnik V", 10 million 688 ming 860 dozasi Moderna, 6 million 625 ming 710 dozasi Pfizer/BioNTech, 1 million 976 ming dozasi Sinovac, 343 ming 375 dozasi Sputnik light vaksinasidir.   

Shundan 59 million 351 ming 963 dozaga yaqin vaksina emlash jarayonlarida qo‘llanildi. Hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi 12,2 mln. doza vaksina zaxirasi mavjud.   
 

O‘zA