Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizga investitsiya oqimi ko‘paydi (+video)
17:57 / 2025-07-15

Investitsiya har bir mamlakat taraqqiyotini ta’minlab beruvchi ustunlaridan biri. O‘zbekistonning 2025 yil I yarim yillik yakuni bo‘yicha kutilayotgan dastlabki makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari e’lon qilindi. Unda yil boshidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 265.2 trln so‘mga (o‘sish 108.3%), ularning 71 foizini xorijiy investitsiyalar tashkil etgani ma’lum qilindi.

Mamlakatimzga o‘tgan 6 oyda 18.7 mlrd dollarlik xorijiy investitsiya kiritildi. Shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar — 16.7 mlrd dollar, davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar — 2 mlrd dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, byudjet hisobidan investitsiyalarni moliyalashtirishga ajratilgan mablag‘ 34.6 foizga oshdi (13.3 trln so‘m).

Albatta yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, barcha sohalarda iqtisodiy o‘sish ta’minlab kelinayotgani, valyutamiz barqarorligi, pul-kredit siyosati va boshqa muhim omillar investitsiya ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir etgani ekspertlar va iqtisodchi olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Shu va sarmoyalarning qaysi sohalarga kiritilayotgani xususida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bo‘lim boshlig‘i Ahror Xolmirzayev bilan suhbatlashdik. 

- Aytingchi 6 oylikdagi bu yilgi investitsiyalar ko‘proq qaysi sohalar hissasiga to‘g‘ri keldi? Qaysi hududlar ko‘proq o‘zlariga sarmoyadorlarni jalb eta oldi?

-  6 oylik davrda o‘tgan yilga qaraganda nafaqat 38 foizlik o‘sish, balki rejani 116 foiz ortig‘i bilan bajardik. Biz uchun eng muhim bo‘lgan energetika sohasiga bugungi kunda investitsiyalar jalb qilish yuqori ko‘rsatkichlar bilan (106%) reja bajarilgan. Bundan tashqari avtomobil yo‘llari, sog‘liqni saqlash va shu kabi sohalarga investitsiyalar hajmi ko‘paydi. Undan tashqari tog‘-kon, geologiya sohasiga  ham qiziqish juda yuqori. O‘zbekistonimizda tabiiy boyliklar ko‘p. Xorijiy investorlarning bu tabiiy boyliklarni qazib olish va qayta ishlashga bo‘lgan qiziqishlari ham yildan-yilga ortib bormoqda. 

Bundan tashqari yengil sanoat sohasiga, aynan to‘qimachilik tarmog‘iga invesitsiyalar kiritishga bo‘lgan qiziqish yuqori bo‘ldi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KPSd5Wy_IFw" title="Mamlakatimizga investitsiya oqimi ko‘paydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA