Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizdagi axborot va aloqa sohasidagi korxonalar soni 7,5 foizga oshgan
15:31 / 2022-01-17

2022 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 10 ming 587 tani tashkil etmoqda.

Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotida qayd etilgan.

O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda bu ko‘rsatkich  7,5 foizga oshgan.

O‘tgan 2021 yilda axborot va aloqa sohasida 2 ming 544 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 2  ming 521 tasi kichik tadbirkorlik sub’ektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha eng ko‘p ulushga ega bo‘lgan hududlar:

Toshkent shahri – 884 ta
Farg‘ona viloyati – 259 ta
Samarqand viloyati – 232 ta
Toshkent viloyati – 150 ta

 

O‘zA