French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda yog‘ tanqisligining oldini olish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
15:03 / 2022-02-22

Mamlakatimizda joriy yilda 316 ming 520 gektar maydonda moyli ekinlar yetishtiriladi va 370 ming tonna hosil jamg‘ariladi.

«O‘zyog‘moysanoat»  uyushmasi matbuot xizmati  ma’lum qilishiga ko‘ra, hududlar bo‘yicha asosiy ekin sifatida 142 ming 783 gektar yer maydoniga soya, kungaboqar, kunjut va rasp urug‘i qadaladi. Shundan, 73 ming 650 gektarini soya, 33 ming 941 gektarini kungaboqar, 34 ming 261 gektarini kunjut va 931 gektarini raps ekiladigan maydonlar tashkil qiladi.

108 ming gektar g‘o‘za qator orasiga soya ekilib, hosil jamg‘ariladi. Bundan tashqari, 24 ming 688 gektar lalmi maydonda moyli ekinlar (maxsar – 22 ming 201 gektar va zig‘ir – 2 ming 487 gektar) yetishtirilishi ta’minlanadi. Shuningdek, 100 gektar bog‘ qator orasiga yana  moyli ekinlar urug‘i qadaladi.

Moyli ekinlar g‘alladan bo‘shagan maydonlarga ham joylashtirilgan. Jumladan, ikkinchi ekin sifatida respublika bo‘yicha 38 ming 789 gektar maydonga kungaboqar va 2 ming 160 gektar maydonga kunjut ekilishi ko‘zda tutilmoqda.

 

Muhayyo  Toshqorayeva, O‘zA