English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda yirik sanoat korxonalari soni ortmoqda
07:24 / 2023-07-22

Yurtimizda qurilish sanoatining o‘sishi zarur mahsulotlar, xususan, kafel va keramogranitga talabning ortishiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, bugungi kunda kafellarga bo‘lgan talab O‘zbekistonda yiliga 105 million metr kvadratni tashkil etadi.

«Oriyent keramik» korxonasi – Sergeli tumani hududida joylashgan yirik ishlab chiqarish ob’ekti. Bu yerga rivojlangan davlatlardan ilg‘or texnologiya keltirib o‘rnatilgan.  

Prezidentimiz to‘rt yil avval poytaxt tumanlariga tashrifi chog‘ida ushbu korxonani ham borib ko‘rgan edi. O‘shanda uning faoliyatini kengaytirish muhimligini ta’kidlagan.

Prezident topshiriqlari – amalda. Bugungi kunda korxona negizida yangi ishlab chiqarish sub’ektlari tashkil etilmoqda. Xususan, Sergelida yana bir zavod qurildi. Faoliyat boshlaganiga bir oy bo‘lgan korxonada bugun 450 kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

[gallery-12856]

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozim, mazkur yangi loyihaning qiymati 42 million dollar. Unda yiliga 10 million kvadrat metr kafel va keramogranit mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati mavjud. Mahsulotlar deyarli yuz foiz o‘zimizning xomashyodan tayyorlanadi. Bu ularning tannarxi sezilarli arzon bo‘lishini ta’minlamoqda. Ayni paytdagi oltmish foizlik eksport hajmini yanada oshirish bo‘yicha harakatlar olib borilmoqda.

Muhim jihati, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning o‘lchami katta. Bunday hajmdagi keramogranit kafellar avvallari import qilingan.  

 

Ikrom Avvalboyev, Nosirjon Haydarov(surat), O‘zA