Mamlakatimizda qaysi turdagi mahsulotlar eng ko‘p ishlab chiqariladi?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda 865,8 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Sanoat tarkibida asosiy yo‘nalishlar ulushi taqsimlanganda oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlari 19,3 foizni, to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechak, teri va unga tegishli mahsulotlar — 15,5 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, mashinasozlik va metall buyumlar, jumladan, kompyuterlar, elektron va optik mahsulotlar, elektr uskunalar, avtotransport vositalari, treylerlar va yarim tirkamalar, boshqa transport vositalari, boshqa toifalarga kiritilmagan mashina va uskunalar, ularni ta’mirlash va o‘rnatish ishlari 18,6 foizga yetganini ko‘rsatmoqda.
Shu o‘rinda, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlari 7,1 foizga yetgan.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA