Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan jami vaksinalar 53,1 million dozadan oshdi
10:32 / 2022-05-17

16 may mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 137 137 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 3 783 nafarni, 2-bosqich emlanganlar 13 934 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 119 420 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 53 126 331 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 20 304 094 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 16 397 423 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 16 424 814 nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Samarqand viloyati (18 390 doza), Toshkent shahri (16 009 doza), Xorazm viloyati (12 789 doza) band qildi.

Birinchi doza bilan emlanish ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 94,6 foizni tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etmoqda.

O‘zA