Mamlakatimizda koronavirusga chalinganlar soni 7 mingdan oshdi
2020-yil 25-iyun soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7087 (+97) nafarni tashkil etmoqda.
2020-yil 25-iyun soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7087 (+97) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 65 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 26 nafari Toshkent shahrida (shundan 19 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari aholi orasida), 5 nafari Toshkent viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari aholi orasida), qolgan 1 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.
Ayni paytda yurtimizda 4724 (+39) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sogʻaydi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.