Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi qo‘llanilgan jami vaksinalar soni 53,5 million dozadan oshdi
09:57 / 2022-05-20

19 may mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 160 ming 403 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 8 ming 626 nafarni, 2-bosqich emlanganlar 21 ming 400 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 130 ming 377 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 53 million 574 ming 192 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 20 million 321 ming 985 nafarni,  2-bosqichda emlanganlar 16 million 453 ming 79 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 16 million 799 ming 128 nafarni tashkil qildi.  

Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Toshkent shahri (18 118 doza), Farg‘ona viloyati (17 791 doza), Samarqand viloyati (17 599 doza) band qildi. 

Birinchi doza bilan emlanish ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 94,7 foizni tashkil qilmoqda. 

Emlash jarayonlari davom etmoqda. 

 

O‘zA