Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi qo‘llanilgan jami vaksinalar soni 51,6 million dozadan oshdi
28 aprel mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 167 ming 297 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 19 ming 951 nafarni, 2-bosqich emlanganlar 13 ming 44 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 134 ming 302 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 51 million 648 337 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 20 246 671 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 16 263 052 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 15 138 614 nafarni tashkil qildi.
Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Farg‘ona viloyati (24 999 doza), Samarqand viloyati (18 814 doza), Toshkent shahri (14 940 doza) band qildi.
Birinchi doza bilan emlanish ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 94,4 foizni tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etmoqda.
O‘zA