Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi qo‘llanilgan jami vaksinalar soni 49,1 million dozadan oshdi
10:00 / 2022-04-08

7 aprel mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 125 ming 14 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 17 ming 553 nafarni, 2-bosqich emlanganlar 15 ming 105 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 92 ming 356 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 49 million 165 ming 874 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 19 million 939 ming 55 nafarni,  2-bosqichda emlanganlar 16 million 26 ming 460 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 13 million 200 ming 359 nafarni tashkil qildi.   

Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Samarqand viloyati (18 914 doza), Toshkent viloyati (10 766 doza), Toshkent shahri (10 684 doza) band qildi.  

Birinchi doza bilan emlanish ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 92,9 foizni tashkil qilmoqda.  

Emlash jarayonlari davom etmoqda.  

O‘zA