French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi qo‘llanilgan jami vaksinalar soni 47,3 million dozadan oshdi
09:33 / 2022-03-17

16 mart mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 126 039 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi.

Ulardan 1-bosqich emlanganlar 6 938 nafarni, 2-bosqich emlanganlar 21 384 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 97 717 nafarni tashkil qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, ayni kungacha mamlakatimizda jami 47 358 714 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 19 787 413 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 15 760 130 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 11 811 171 nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Toshkent shahri (13 978 doza), Buxoro viloyati (13 252 doza), Toshkent viloyati (12 663 doza) band qildi.

Birinchi doza bilan emlanish ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 92,2 foizni tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etmoqda.

 

O‘zA