Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda kelgusi 5 yilda Yangi O‘zbekiston strategiyasi amalga oshiriladi
11:57 / 2021-09-09

Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X s’ezdi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi – Yangi O‘zbekiston strategiyasining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza qilmoqda.

– Shu o‘rinda yana bir bor ta’kidlab aytmoqchiman: biz o‘tgan besh yilda katta tajriba orttirdik. Xalqimiz bizga ishondi va inondi.

Ayni vaqtda el-yurtimiz bizdan yangi reja va dasturlarni amalga oshirishni kutmoqda.

Xalqimizning ana shunday ishonchi va orzu-niyatlari, ezgu umidlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida:

yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash;

fuqarolar va millatlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash;

xalqimizning ma’naviy dunyosini yanada yuksaltirish;

O‘zbekistonda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir vatandoshimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya etish, kafolatli daromad manbai, tibbiy xizmatlar va uy-joy, sifatli ta’lim bilan ta’minlash;

kambag‘allikni qisqartirish va ehtiyojmand aholini ijtimoiy muhofaza qilish;

mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga qaratilgan Yangi O‘zbekiston strategiyasini ishlab chiqdik.

Bugun sizlarga taqdim etilgan shu nomli kitobda ushbu Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil fikr yuritilgan, – dedi Shavkat Mirziyoyev.