Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda jami 52,4 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi
12:31 / 2022-05-11

10 may mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 130 ming 596 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 3 ming 156 nafarni, 2-bosqich emlanganlar 13 ming 84 nafarni va buster doza bilan emlanganlar 114 ming 356 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 52 million 486 ming 997 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan  1-bosqich emlanganlar 20 288 229 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 16 342 260 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 15 856 508 nafarni tashkil qildi. 

Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Samarqand viloyati (17 259 doza), Toshkent shahri (14 735   doza), Xorazm viloyati (12 771  doza) band qildi.

Birinchi doza bilan emlanish ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 94,6 foizga, to‘liq vaksina kursini olganlar esa 76,8 foizga yetgan. 

O‘zA