Mamlakatimizda jami 50 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi
15 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 133 973 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 16 278 nafarni, 2-bosqich emlanganlar 13 331 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 104 364 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 50 060 812 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 20 065 789 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 16 121 349 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 13 873 674 nafarni tashkil qildi.
Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Samarqand viloyati (14 991 doza), Andijon viloyati (13 510 doza), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (13 199 doza) band qildi.
Birinchi doza bilan emlanish ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 93,5 foizga, to‘liq vaksina kursini olganlar esa 75,7 foizga yetgan, deya xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.
O‘zA