French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda jami 47,8 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi
10:35 / 2022-03-25

24 mart mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 111 499 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 7 421 nafarni, 2-bosqich emlanganlar 18 445 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 85 633 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 47 806 231 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 19 813 319 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 15 833 430 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 12 159 482 nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
Samarqand viloyati (21 016 doza),
Xorazm viloyati (9 732 doza),
Namangan viloyati (9 606 doza) band qildi.

Birinchi doza bilan emlanish ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 92,3 foizga, to‘liq vaksina kursini olganlar esa 74,3 foizga yetgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Matbuot xizmati.