Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda Italiya tajribasi asosida quyon parvarishlash usullari tatbiq etiladi
14:08 / 2019-10-26

Poytaxtimizda Oʻzbekiston sharoitida innovatsion va sanoat usullarida quyon yetishtirishning afzalliklariga bagʻishlangan ilmiy-amaliy xalqaro seminar oʻtkazishdi.


Poytaxtimizda Oʻzbekiston sharoitida innovatsion va sanoat usullarida quyon yetishtirishning afzalliklariga bagʻishlangan ilmiy-amaliy xalqaro seminar oʻtkazishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi, “Mikrokreditbank” ATB va Italiya quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda asosiy etibor sanoat usulida quyon yetishtirish va parvarishlash istiqbollari, erishilayotgan natijalar va sohasidagi uchrayotgan muammolarni bartaraf etish yoʻllariga qaratildi.

Maʼlumotlarga koʻra, mamlakatimizda 507 mingdan ortiq quyon parvarishlanayotgan boʻlib, bu raqam yil sayin ortmoqda. Hozirgi kunga kelib quyonchilikni aynan teri, goʻsht va momiq yoʻnalishlarini rivojlantirish ishlari olib borilmoqda.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan mahalliy tadbirkorlik subyektlari vakillariga quyonlarni sanoat usulida parvarishlash va koʻpaytirish yuzasidan maʼlumot berildi. Xususan, zamonaviy quyon fermasini barpo etishda eʼtiborga olish kerak boʻlgan asosiy omillar mavjud. Havo namligi va almashinuvi tartibga soluvchi tizimni hisobga olgan holda hayvonlarni qulay tashqi muhit bilan maksimal darajada taʼminlash kerak. Eski turdagi fermalarda taʼminot va maxsus shamollatish tizimlarining etishmasligi zarur mikroiqlimni doimiy ravishda saqlab turishga imkon bermaydi.

Shu tufayli fermer xoʻjaligini loyihalash va undan keyingi qurishda bunday talablarning barchasiga rioya qilish energiya manbalari narxini yanada pasaytiradi. Xizmat koʻrsatish mexanizmlarini optimallashtirish bilan birga hayvonlarning maksimal mahsuldorligiga erishadi.

- 2019-yilning may oyida Oʻzbekiston quyonchilik agrofirmalari vakillarining Italiya davlatiga tashrifi uyushtirildi, - deydi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Abror Akbarov. - Hamkorlik doirasida Italiya naslchilik assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston quyonchilik agrofirmalari vakillari oʻrtasida 550 bosh zotdor ona quyon olib kelish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Oʻzbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi koʻmagida Oʻrta Osiyoda ilk bor chet davlatdan alohida jihozlangan quyon tashish avtomashinasi xarid qilindi. Kelgusida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tizimidagi Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida “Quyonchilik seleksiyasi va genetika markazi” tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

Seminarda viloyatlarda faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklari rahbarlari, quyon yetishtirish bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlar sohaga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldi.