Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 6 172 770 doza ZF-UZ-VAZ 2001 vaksinasi emlash jarayonlariga yo‘naltirildi
O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 69 751 323 dozaga yetdi.
Ulardan 2 606 080 dozasi AstraZeneca, 48 169 038 dozasi ZF-UZ-VAC2001, 1 341 790 dozasi "Sputnik V", 10 688 860 dozasi Moderna, 4 626 180 dozasi Pfizer/BioNTech, 1 976 000 dozasi Sinovac, 343 375 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.
Shundan 53 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qo‘llanildi.
Ta’kidlanishicha, hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi 16 200 865 doza vaksina zaxirasi mavjud, deya xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.
O‘zA