Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda Chimyon, Bildirsoy yoki Zomindan kam bo‘lmagan, lekin salohiyati hali ishga solinmagan turistik manzillar ko‘p
17:45 / 2022-04-26

Prezident raisligida turizm xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Yig‘ilishda mamlakatimizda Chimyon, Bildirsoy yoki Zomindan kam bo‘lmagan, lekin salohiyati hali ishga solinmagan turistik manzillar ko‘pligi ta’kidlandi.

Masalan, Boysundagi dunyoda eng chuqur g‘orlardan hisoblangan Boybuloq (Osiyoda eng chuqur, 1 ming 415 metr), yonidagi Vishnevskiy (715 metr), Neandartal odam qoldig‘i topilgan Teshiktosh g‘orlari, Darband darasi, qadimiy ellin madaniyati yodgorligi – Uzundara qal’asi butun dunyodan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.

Bu yerda mehmonxona, kemping, tog‘ sporti, dor yo‘li, turistlar uylari kabi ob’ektlarni tashkil etish orqali 500 ming sayyohni bemalol jalb qilish mumkinligi ta’kidlandi.

Bunday imkoniyatlar Bo‘stonliqdagi Tovoqsoy, Ohangarondagi Ovjasoy, Angrendagi Yangiobod, Shahrisabzdagi Miraki, Yangiqo‘rg‘ondagi Nanay, Popdagi Chodak hududlarida ham mavjud.

Chorvoq va To‘dako‘ldan boshqa birorta hududda cho‘milish joylari yo‘qligi qayd etildi. Bu borada Nukusdagi Ashshiko‘l, Buxorodagi Zikriko‘l, Jizzaxdagi Aydarko‘l va Tuzkon ko‘lining imkoniyatlari ishga solinmay turibdi.

 

O‘zA