Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda bu yilgi Navro‘z umumxalq bayrami “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida o‘tadi
09:57 / 2024-03-05

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2024 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, 2024 yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!" degan bosh g‘oya asosida o‘tadi.

Qarorda bayram tadbirlarini bahor ayyomida borliqning uyg‘onishi, inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, ona zaminga mehr va e’tiborni aks ettiradigan, yurtdoshlarimizni bugungi tinch va osuda hayotimizni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga undaydigan ma’no-mazmun bilan ta’sirchan usullarda o‘tkazish;

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, xalqimizning kundalik hayoti, ongi va dunyoqarashida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar Navro‘zning azaliy qadriyat va an’analariga hamohang ekanini namoyon etish;

Toshkent shahridagi "Yangi O‘zbekiston" majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillarini tashkil etish;

bu yilgi Navro‘z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama e’zozlash, "Mehribonlik", "Saxovat" va "Muruvvat" uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ular uchun dasturxonlar tashkil etish hamda turli xayriya tadbirlarini amalga oshirish;

"Yashil makon" umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, Navro‘z bayrami arafasida respublikamizning barcha hududlarida, ko‘cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga qaratilgan umumxalq hasharlarini o‘tkazish;

jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan loyiha va aksiyalar uyushtirish, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarining Navro‘z bayramining ruhi va falsafasiga uyg‘un bo‘lgan urf-odat, an’ana va qadriyatlarini keng namoyish etish;

bayram tadbirlari davomida hunarmandchilik ko‘rgazmalari, milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish, kitob ko‘rgazmalari, arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, ko‘chma savdo do‘konlarini tashkil etish, ko‘klam taomlarini tayyorlash hamda ularning ko‘rgazma-savdolari va tanlovlarini uyushtirish;

barcha shahar va qishloqlarda o‘tkaziladigan bayram tantanalarida, ommaviy axborot vositalarida Navruz bayramining tarixi, har bir hududdagi uni nishonlash bilan bog‘liq urf-odat va an’analarni keng yoritish belgilab berilgan.

                                                                                                    O‘zA