Mamlakatimizda bolalar tibbiyotiga bo‘lgan e’tibor e’tirof etildi
Tojikiston hamda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirlaridan iborat delegatsiya Bolalar milliy tibbiyot markaziga tashrif buyurdi.
Mehmonlar markaz faoliyati bilan tanishib, zamonaviy tibbiyot uskunalari, jumladan, tez yordam, radiologiya, laboratoriya, jarrohlik bo‘limlarini ko‘zdan kechirdi.

Delegatsiya a’zolari mamlakatimizda bolalarni davolashga bo‘lgan e’tiborning yuksakligini ushbu markaz misolida ko‘rish mumkinligini, bu yerda yaratilgan sharoitlar haqiqatdan yuqori darajada ekanligini alohida e’tirof etdi.



Mohigul Qosimova, O‘zA