Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda arpa yetishtirishda Jizzax viloyati yetakchi
14:59 / 2025-09-15

Bugungi kunda mamlakatimizda arpa etishtirishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash hisobiga sifatli va mo‘l hosil olishga katta ahamiyat berilmoqda. Arpa etishtirishda yangi navlarning yaratilishi, ularni ishlab chiqarishga joriy etish hamda ekish muddatlari va me’yorlari, o‘g‘itlash tizimi, sug‘orish muddati va me’yorlari hisobiga don hosildorligi hamda sifati oshirib bormoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda jami 82 ming tonna arpa yetishtirilgan.  Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 28,6 foizga oshgan.

Hududlar kesimida yetishtirilgan arpa hajmiga ahamiyat beradigan bo‘lsak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 0,1 ming tonna, Andijon viloyati 0,2 ming,  Buxoro 3,1 ming,  Jizzax 32 ming, Qashqadaryo 12,6 ming, Navoiy 2,9 ming, Namangan 0,3 ming, Samarqand 6,5 ming, Surxondaryo 7,8 ming, Sirdaryo 10,8 ming, Toshkent 4,6 ming, Farg‘ona  0,9 ming hamda Xorazm viloyati  0,2 ming tonna arpa yetishtirgan.

Bundan ko‘rinadiki, arpa yetishtirishda Jizzax viloyati yetakchilik qilmoqda.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA