Mamlakatimizda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning necha nafari kasallikka qarshi emlandi?
15 mart holatiga ko‘ra, yurtimizda 928 397 doza Pfizer vaksinasi bilan 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar ixtiyoriy ravishda emlandi.
Ulardan 1-bosqich emlanganlar 555 010 nafarni, 2-bosqich emlanganlar 373 387 nafarni tashkil qildi.
Xususan, bolalarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni Farg‘ona (192 601 doza), Samarqand (114 706 doza), Andijon (102 200 doza), Qashqadaryo (100 476 doza), Namangan (81 897 doza) viloyatlarida yuqori ekani ahamiyatli, deya xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.
O‘zA