Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimiz ulamolari Sirdaryoda
12:23 / 2021-09-27

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov boshchiligida Toshkent shahridagi barcha tumanlar masjidlarining bosh imom-xatiblari Sirdaryo viloyatiga keldi.

Safar davomida ulamolar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, olis va chekka hududlardagi aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqotlar, jome masjidlarda suhbatlar o‘tkazilishi va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish kabi xayrli ishlarni amalga oshirish maqsad qilingan.

Shuningdek, hudud ahlini yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyati haqida xabardor qilish bilan bir qatorda, ularning dardu tashvishlariga ko‘maklashish, fikr-mulohazalarini tinglash va diniy sohaga tegishli muammolarini joyida o‘rganib, bartaraf etish ham ko‘zda tutilgan.

Qolaversa, ushbu muloqot va tadbirlarda diniy soha rahbarlari va mutasaddi vakillar ham ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun, mazkur o‘rganish ishlari uch kun davom etadi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA