Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi MDH mamlakatlari bilan amalga oshirilmoqda
19:43 / 2020-06-19

Oʻtgan besh oy yakunlari boʻyicha Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasida Xitoy birinchi oʻringa chiqqan, deb xabar beradi “Trend” agentligi Forbes Uzbekistan maʼlumotlariga tayanib.


Oʻtgan besh oy yakunlari boʻyicha Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasida Xitoy birinchi oʻringa chiqqan, deb xabar beradi “Trend” agentligi Forbes Uzbekistan maʼlumotlariga tayanib.

Joriy yilning yanvar oyidan to may oyigacha Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasida amalga oshirilgan savdo aylanmasi hajmi 2,3 milliard dollarni tashkil etgan. Ikkinchi oʻrinda 2,2 milliard dollarlik koʻrsatkich bilan Rossiya bormoqda. Qozogʻiston uchinchi oʻrinni egalladi, qozoq birodarlarimiz bilan besh oy davomida 1,1 milliardlik savdo-sotiq amalga oshirilgan, undan keyingi oʻrinlarda Janubiy Koreya (943,5 million dollar), Turkiya (709 million dollar), Qirgʻiziston (302,8 million dollar) bormoqda.

Tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi (35,4 foiz) MDH mamlakatlari hissasiga toʻgʻri keladi. Soʻngi yillarda ularning ulushi ortmoqda, deyiladi xabarda.

Oʻzbekistonning eksportining eng katta qismi oltin boʻlib qolmoqda. Oʻtgan besh oy davomida Oʻzbekiston 1,6 milliard dollarga oltin sotgan. Undan keyin sanoat tovarlari (924,9 million dollar), xizmatlar (879,5 million dollar) va oziq-ovqat va chorva mahsulotlari eksporti (421,2 million dollar) bormoqda.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti hajmi 542,400 tonnani tashkil etgan (305,1 million dollardan koʻp). Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari asosan Qozogʻiston, Rossiya, Qirgʻiziston va Afgʻonistonga eksport qilinmoqda.

Oʻzbekistonning import koʻrsatkichida ham (1,6 milliard dollar) Xitoy birinchi oʻrinni egallagan. Bu borada Rossiya (1,5 milliard dollar) va Janubiy Koreya (926 million dollar) ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni boʻlishib turibdi.