Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimiz rivojlanishining ma’naviy asoslarini mustahkamlash bugungi kunning dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda
15:16 / 2024-07-12

Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilganidek, mamlakatimiz rivojlanishining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash bugungi kunning dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda.  

Yig‘ilishda yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat va sadoqat, bugungi tinch-osoyishta hayotimizni qadriga yetish va shukronalik tuyg‘ularini chuqur singdirish ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Qo‘qon va Marg‘ilonda nuroniylar, imom-xatiblar, mahalla faollaridan iborat Oqsoqollar kengashi va ota-onalar guruhlarini tuzish taklifi ilgari surildi.  

Yig‘ilganlar ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlab, tarbiyasi og‘ir yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga solish, adashgan, murakkab vaziyatga tushib qolgan yoshlarga o‘z o‘rinini topishida yordam berish, ularni ma’rifatga chorlash, ma’naviyatini yuksaltirish bo‘yicha tajriba yaratilsa, bu butun respublikaga namuna bo‘lishiga ishonch bildirdi.  

Yig‘ilishda viloyat va respublika mutasaddilarining hisobotlari, tadbirkorlarning takliflari tinglandi.  

O‘zA