Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimiz neft-gaz sohasida zamonaviy yechimlarga keng yo‘l ochiladi
12:07 / 2024-03-14

Keyingi yillarda mamlakatimizda neft-gaz sohasini isloh qilish bo‘yicha qator choralar ko‘rilmoqda. Bunda sohadagi ishlarni tizimli tashkil qilish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorliklar ham yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bugun poytaxtimizda “O‘zbekneftgaz” AJ va Rossiya Federatsiyasining Neft va gaz texnologik tashabbuslari instituti (INTI) bilan hamkorlikda “Texnik kun” xalqaro konferensiyasining o‘tkazilishi ham ana shunday ishlarning mantiqiy davomidir.    

Anjumanda ishtirok etgan mahalliy va xorijlik ekspertlar, mutaxassislar, korxona vakillari neft-gaz, energetika va avtomatika sohasiga ixtisoslashgan yirik xorijiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan geologik qidiruv, qayta ishlash uskunalari, logistika xizmatlarining ichki va tashqi bozorda xaridorgirligini oshirish bo‘yicha zamonaviy yechimlar haqida so‘z yuritdi.   

 “O‘zbekneftgaz” AJ Ishlab chiqarishni texnik tartibga solish departamenti boshlig‘i Feruz Madatovning ma’lum qilishishicha, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik 2020-yildan boshlangan. Shu vaqt davomida “O‘zbekneftgaz” AJ va Rossiya Federatsiyasining Neft va gaz texnologik tashabbuslari instituti hamkorligida 140 dan ortiq standartlar ko‘rib chiqilgan. “O‘zbekneftgaz” AJ ekspertlari tomonidan esa 80 ta standart tasdiqlangan.  

– Bugungi anjuman ham hamkorlikning davomi bo‘lib, uning doirasida geologik qidiruv, burg‘ilash, qazib chiqarish, qayta ishlash, bosim ostida ishlovchi apparatlar, rotatsion va nasos uskunalari, energetika, avtomatlashtirish, qurilish me’yorlari kabi 170 dan ortiq yo‘nalish va standartlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkaziladi, – dedi F.Madatov.  

Shuningdek, anjumanda tarmoq va sanoat korxonalari mutaxassislari uchun tashkil etilgan sessiyalarda xalqaro standartlarni O‘zbekistonda tatbiq etish va ishlab chiqarish korxonalariga joriy qilish, qolaversa, xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy va xorijiy mamlakatlar standartlarini qo‘llash tartiblari xususida ham so‘z bordi.    

Eslatib o‘tamiz, anjuman doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ va INTI o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha memorandum imzolanishi kutilmoqda.    

 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA