Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimiz internet tezligi – xalqaro reytinglarda
15:01 / 2022-07-21

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zbektelekom” AK axborot xizmati rahbari Temur Mamajonov ishtirokida brifing tashkil etildi.

Brifing ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 23 ming kilometrdan ziyod optik tolali aloqa liniyalari qurildi. 

Qayd etilishicha, amalga oshirilayotgan ishlar xalqaro reytinglarda o‘z aksini ko‘rsatyapti. Speedtest Global Index reytingi natijalarida O‘zbekiston simli internet resurslarining yuklanish tezligi bo‘yicha – 40,16 Mbit/sek tezlik bilan 182 ta davlat ichida Armaniston, qo‘shni Qozog‘iston, Turkiya va Ozarbayjon davlatlarini ortda qoldirib 86-o‘rinni egalladi. 

Britaniyaning Cable.co.uk portali ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo reytingida O‘zbekiston mobil internet arzonligi bo‘yicha 21-o‘rinni, keng polosali simli internet arzonligi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi. 

BMT Xalqaro elektr aloqa ittifoqining 2021 yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston keng polosali mobil internet narxlari bo‘yicha BMTning 2 foizlik ko‘rsatkichini bajargan 4 davlat qatoridan joy oldi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA