FOTOREPORTAJ
“Toshelectroapparat” mas’uliyati cheklangan jamiyati xususiy korxonasi elektrotexnika sanoati bo‘yicha nafaqat mamlakatimiz, balki mintaqada yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlaridan.
Korxonada mavjud metallni qayta ishlash, kukunli bo‘yash, elektroqoplama, lazer bilan kesish uskunalari, zamonaviy kompyuterlashtirilgan texnologiyalar past va yuqori voltli elektr jihozlarining keng turlarini ishlab chiqarish imkonini bermoqda. Jumladan, bu yerda nimstansiyalar, kommutator qurilmalari, kon elektr jihozlari, elektr apparatlari va elektr montaj mahsulotlari tayyorlanmoqda.
[gallery-10978]
Shuningdek, korxona sanoatni mahalliylashtirish dasturlari hamda tarmoqlararo kooperatsiya va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rayotgan samarali chora-tadbirlari tufayli muhandislik-konstruktorlik byurosi negizida xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan yaqin hamkorlikda, o‘zining ishlab chiqarish quvvatlariga asoslanib, istiqbolli va eng ko‘p talab qilinadigan uskunalarni ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli o‘zlashtirmoqda. Xususan, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari, fotoelektrik stansiyalar, lift uskunalari kabi mahsulotlarga buyurtmachilar talabi yuqori.
A’lo ABDULLAEV(surat),O‘zA