French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish uchun xalqaro talablarga mos ishlashimiz kerak
11:58 / 2020-01-24

Davlatimiz rahbari Murojaatnomada mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish boʻyicha olib borilayotgan tizimli ishlar koʻlami kelgusida yanada kengayishini bildirdi. Jumladan, eksportchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda eksportchilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi alohida agentlik tashkil etilishi aytib oʻtildi.

Eksport bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar, biznes subyektlari huquq va manfaatlarini mustahkamlash maqsadida 2020-yilda 3000 ga yaqin standartlar ishlab chiqiladi va shu orqali amaldagi standartlar soni 10 mingtaga yetkaziladi. “10 mingta standart degani, bu — xalqaro miqyosda amal qilayotgan talablarning atigi 40 foizi degani, demak yana 60 foiz xalqaro meʼyorlarga hali tenglashishimiz kerak”, dedi Prezident.

- Yaqin kelajakda Angren, Termiz, Qoʻngʻirot EIZlari faoliyati jonlantiriladi. Ayni maqsadlarga erishish uchun 2-3 ta emas, savdo faoliyatini muvofiqlashtiruvchi oʻnlab qonunlarni oʻz ichiga olgan qonunlar paketini ishlab chiqishimiz zarur. Bu boradagi asosiy masʼuliyat, vazifa sizning, yaʼni deputatlarning zimmasiga tushadi, — deya alohida taʼkidladi Davlatimiz rahbari.