Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimiz delegatsiyasi Xalqaro ko‘rgazmada maxsus diplom bilan taqdirlandi
12:57 / 2022-05-20

Almati shahrida Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Almati shahar hokimligi, Milliy tibbiyot birlashmasi va Yevroosiyo tibbiyot birlashmasi ko‘magida har yili tashkil qilinadigan “KIHE – Qozog‘iston sog‘liqni saqlash xalqaro ko‘rgazmasi» qizg‘in davom etmoqda.

Xabar berganimizdek, ushbu tadbirda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Egamov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Mazkur delegatsiya tarkibidan yurtimizda faoliyat yuritayotgan 15 ga yaqin mahalliy ishlab chiqaruvchi farmkompaniya vakillari hamda Agentlik mutaxassislari o‘rin egallagan.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Eksportni rag‘batlantirish agentligi tashabbusi bilan ko‘rgazmada ishtirok etayotgan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi stendida "Optima gloves”,“Quality pharm”, “Rossa”, “XPmed medical“, ”Dentafill Plyus", Jurabek Laboratories” QK, "Nika Pharm", “BP Pharma”, "Chori plast", “Zamona Rano”, “Serene healthcare” QK korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlari o‘rin egallagan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “KIHE – 2022»da ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi «Eng yaxshi debyut» nominatsiyasi bo‘yicha maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Mohigul Qosimova, O‘zA