Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimiz bozorlaridagi narx-navolar o‘rganilmoqda
09:43 / 2019-06-04

Poytaxt bozorlarida 1 kg qo‘y go‘shti 28 000 so‘mdan – 45 000 so‘mgacha sotilmoqda.


Poytaxt bozorlarida 1 kg qo‘y go‘shti 28 000 so‘mdan – 45 000 so‘mgacha sotilmoqda.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq Xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 2 iyun holatidagi narxlari

Mol go‘shti

28 000 so‘mdan – 42 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan - 40000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Jazzax shaxri Markaziy dehqon bozori hamda Samarqand shahri “Siyob” dehqon bozorida qayd etilgan – 38000 – 42 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti

28 000 so‘mdan – 45 000 so‘mgacha

Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun poytaxtimizdagi “Mirobod”, “Farxod”, “Chorsu” bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 32 000 dan 42000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada ham Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti - 42 000 dan 45 000 so‘mgacha.

Tovuq go‘shti

12 000 so‘mdan – 20 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida hamda Xorazmdagi Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000so‘mdan – 14 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 18 000 – 20 000 so‘m.

Guruch

4 000 so‘mdan – 15 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkentda Farhod dehqon bozorida qayd etilgan – 3500 – 12 000 so‘m.

Eng qimmat narx esa Qarshi shahri “Yerqurg‘on” hamda Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida kuzatilgan – 5300 – 15 000 so‘m.

O‘simlik yog‘i

8 000 so‘mdan – 14000 so‘mgacha

Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtimizdagi Farxod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 8000 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etilgan – 9 000 dan 14 000 so‘mgacha.

Un

1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha

Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi “Farhod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm un uchun 2 200 so‘m to‘lashingiz zarur bo‘ladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx poytaxtimizdagi “Mirobod”, “Farxod”, “Chorsu” va “Qo‘yliq” dehqon bozorlarida qayd etildi 1 750 – 3 350 so‘m.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Sirdaryodagi Guliston Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 so‘mgacha.

Shakar

4 500 so‘mdan – 6000 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkent shahrining “Mirobod”, “Farhod” hamda “Qo‘yliq” dehqon bozorida kuzatildi – 4 500 – 5 200so‘m.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Respublikasida Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5000 – 6 000so‘m.

Tuxum

300 so‘mdan – 700 so‘mgacha

Eng arzon narx poytaxtimizdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi 300 so‘mdan 600 so‘mgacha.

1 dona tovuq tuxumi uchun eng qimmat narx poytaxtimizdagi Chorsu dehqon bozorida kuzatildi — 350 – 700 so‘mgacha.

Kartoshka

1 000 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Farg‘ona hamda Farg‘ona markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 1 000 so‘mdan – 2 200 so‘mgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx poytaxtdagi “Chorsu”, Urganch shahri, Guliston shahri, Navoiy shahridagi “Sahovat” MChJga qarashli, Jizzah shahri hamda Nukus shahri markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 200 – 3 000 so‘mgacha.

Pomidor

2 000 so‘mdan – 6 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Buxoro shahridagi Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 2 000 so‘mdan – 6000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx esa Toshkentda “Yunusobod” va “Chorsu” dehqon bozorlarida, hamda Jizza shahri, Buxoro shahridagi markaziy dehqon bozorlarda qayd etildi – 2000 – 6000 so‘mgacha.

Xo‘jalik sovuni

8 00 so‘mdan – 3500 so‘mgacha

Eng arzon narx Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xo‘jalik sovunini 800 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 so‘m.

PS. Keltirilgan ma’lumot va raqamlar haqqoniyligiga O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi javobgar!