Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimiz bo‘ylab “Yosh saylovchi” forumlari davom etmoqda
07:38 / 2021-09-21

Ma’lumki, mamlakatimizdagi 35 million nafardan ortiq aholining 18 milliondan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi.

Joriy yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 880 ming 155 nafar yoshlar birinchi marta ishtirok etmoqda.  

Saylovda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan joylarda “Yoshlarning siyosiy bilimi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish” mavzuidagi “Yosh saylovchi” forumlari va o‘quv- seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.  

Mazkur forum Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi maxsus belgilangan ochiq hududlarda karantin talablariga rioya etilgan holda tashkil etildi.  

Mazkur loyiha yoshlar tashkilotlarining  20 ming nafar vakillari va faollari, Yoshlar ittifoqining ta’lim muassasalari, korxona-tashkilotlaridagi yetakchilari, “Kelajak liderlari” klubi a’zolari hamda iqtidorli yoshlardan iborat yosh trenerlar jamoasi tomonidan joylarda o‘quv-seminarlar tashkil etilishi bilan amalga oshirilmoqda.  

Shuningdek, yosh saylovchilarga saylov jarayoni haqida zarur ma’lumotlarni muntazam ravishda berib borish uchun yoshsaylovchi.uz elektron platformasi ishga tushirildi. Internetdagi mazkur platformaga tashrif buyurgan yosh pasport ma’lumotlarini kiritgan holda saylov kuni borishi kerak bo‘lgan saylov uchastkasi manzilini aniq bilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yosh trenerlar va birinchi marotaba saylovda ishtirok etadigan yoshlar uchun maxsus qo‘llanma, futbolkalar, bannerlar, flayerlar, panno va boshqa targ‘ibot materiallari, targ‘ibot ishlarida foydalanish va yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan videodarsliklar, roliklar va imkoniyati cheklanganlar uchun audiomateriallar tarqatilmoqda.  

Forum va o‘quvlar doirasida doirasida munozara, huquqiy viktorina, televiktorina, “Yangi O‘zbekiston yoshlari – kelajak drayverlari” shiori ostida “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi videorolik” va “Eng yaxshi ilmiy-ommabop va tahliliy maqola” ko‘rik-tanlovlari o‘tkaziladi. O‘quv va targ‘ibot jarayonlarida faol ishtirok etgan volontyorlar hamda saylovda birinchi marotaba qatnashadigan yoshlar rag‘batlantirilib borilmoqda.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA