Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimiz bo‘ylab 50 gektardan kam bo‘lmagan «yashil maydon»lar tashkil etiladi
20:13 / 2021-06-14

Prezidentning “Shahar va aholi punktlari atroflarida “yashil maydon”larni kengaytirish, ularning tabiiy-rekreatsion va iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolashi kutilyapti.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Davlat ekologiya qo‘mitasi), O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish vazirligi, Transport vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda keng jamoatchilikning:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 50 gektardan kam bo‘lmagan ko‘chat ekish maydonlari - “yashil maydon”larni tashkil etish;

shaharlar va boshqa aholi punktlari, xiyobonlar, avtomobil va temir yo‘llar chetlari, ijtimoiy ob’ektlar, tashkilotlar hududini hamda fermer va boshqa qishloq xo‘jaligi yerlarini yanada ko‘kalamzorlashtirish maqsadida davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish ko‘lamini oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “yashil maydon”lar uchun belgilangan tartibda yer maydonlarini ajratadi va kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishini ta’minlaydi.

 Belgilanishicha:

o‘z majburiyatlari yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslar kompensatsiya tarzida daraxtlarni “yashil maydon”larga o‘zlari (shaxsan) yoki shartnoma asosida uchinchi shaxslarni jalb qilgan holda amalga oshiradilar;

yangi tashkil etilgan “yashil maydon” lar va ularda ekilgan daraxtlar Davlat ekologiya qo‘mitasi balansida bo‘lib, tashkil yil o‘tgandan so‘ng o‘rnatilgan tartibda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi balansiga o‘tkazilishi mumkin;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan daraxtlarni kesganlik uchun to‘lov hamda ularni noqonuniy kesganlik uchun tabiatga yetkazilgan zarar, shuningdek, jarima to‘lovlari to‘liq miqdorda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Belgilanishicha, “yashil maydon”larni tashkil etish, saqlash va rivojlantirish tadbirlarini moliyalashtirish har yili tasdiqlanadigan davlat dasturi asosida amalga oshiriladi.

Davlat ekologiya qo‘mitasining Jamg‘arma mablag‘lari hamda davlat byudjeti hisobiga “yashil maydon”larda daraxtlar ekish, ularni parvarishlash, qo‘riqlash va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun xodimlarning qo‘shimcha sonini saqlab turishga rozilik beriladi.

Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil kuz va 2022 yil bahor mavsumlarida Toshkent viloyati va Toshkent shahrining tuman (shaharlari), aholi punktlari, xalq xo‘jaligi ob’ektlari atrofida yashil hududlar barpo etish va 1 million daraxt ekish bo‘yicha “1 million daraxt” tashabbusiga rozilik beriladi.