Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatga qaytgan fuqarolarga dastlabki moddiy koʻmak beriladi
15:12 / 2019-04-27

Litva parlamenti dunyoning ziddiyatli mintaqalarida istiqomat qilayotgan asli litvalik boʻlgan fuqarolarni zudlik bilan mamlakatga qaytarishni nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi.


Litva parlamenti dunyoning ziddiyatli mintaqalarida istiqomat qilayotgan asli litvalik boʻlgan fuqarolarni zudlik bilan mamlakatga qaytarishni nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi.

“Regnum” xabarida keltirilishicha, parlamentning 96 aʼzosi mazkur qonunni yoqlab ovoz bergan. Qonunda yaqinlari Litvada yashovchi chet eldagi litvaliklarga mamlakat fuqaroligini berish koʻzda tutilgan. Unda, shuningdek, mamlakatga qaytarilgan fuqarolarga dastlabki moddiy koʻmak berilishi ham belgilangan.