Mamlakatga harbiy vertolyot va mashinalar tuhfa qilindi
Rossiya mudofaa vazirligi Qirg‘iziston qurolli kuchlariga ikkita MI-8MT vertolyoti va to‘qqizta zirhlangan harbiy razvedka-nazorat mashinasini tuhfa qildi.
Rossiya mudofaa vazirligi Qirg‘iziston qurolli kuchlariga ikkita MI-8MT vertolyoti va to‘qqizta zirhlangan harbiy razvedka-nazorat mashinasini tuhfa qildi.
“Kant” aviabazasida o‘tgan harbiy texnikani topshirishi marosimida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ishtirok etdi. U ShHT mudofaa vazirlari yig‘ilishida qatnashish uchun Bishkekka kelgan.
“Qirg‘iziston xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha hamisha Rossiyaga ishonishi mumkin”, dedi Shoygu.