Mamlakat taqdiriga daxldor muhim siyosiy jarayon
Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida Toshkent shahar Tatar jamoatchilik madaniy-ma’rifiy markazi tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat mamlakatimizda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan muhim siyosiy jarayon – Referendum yuzasidan bo‘ldi.
Qayd etilganidek, bugun nainki mamlakatimiz, balki global miqyosda kechayotgan o‘zgarishlar Asosiy Qonunimizga o‘zgartishlar kiritishni taqozo etmoqda.
Davra suhbatida yurtimizda kechayotgan ana shunday konstitutsiyaviy islohotlar, xalqimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon – umumxalq Referendumiga tayyorgarlik, mamlakat taraqqiyoti va kelajagida fuqarolarning faol pozitsiyasi xususida batafsil so‘z yuritildi.
N.Usmonova, O‘zA